Elektrokimyo laboratoriyasi
Elektrokimyoviy jarayonlar, energiya saqlash tizimlari va korroziyaga qarshi himoya yo'nalishida tadqiqotlar.
Laboratoriya elektrokimyoviy jarayonlarni o'rganish va ularni sanoatda qo'llash bilan shug'ullanadi. Tadqiqot mavzulari orasida energiya saqlash tizimlari uchun materiallar, elektrokimyoviy sintez usullari va metall konstruksiyalarni korroziyadan himoya qilish texnologiyalari bor.
Asosiy vazifalar
- Elektrokimyoviy manbalar uchun elektrod materiallarini ishlab chiqish va sinovdan o'tkazish.
- Sanoat uskunalarini korroziyadan himoya qilishning samarali usullarini tanlash.
- Elektrokimyoviy tahlil usullari yordamida mahsulot sifatini nazorat qilish.